» » Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda 50 km lotok qurish va 57 km lotokni ta’mirlash kerakligini ta’kidladi

Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda 50 km lotok qurish va 57 km lotokni ta’mirlash kerakligini ta’kidladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi davomida 2018—2019-yillarda viloyatda irrigatsiya-melioratsiya Davlat dasturi asosida amalga oshiriladigan ishlar, gidroinshootlar loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA va Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyatda irrigatsiya-melioratsiya Davlat dasturiga muvofiq, joriy yilda suv inshootlarini rekonstruksiya qilish ishlariga 188,5 milliard so‘m mablag‘ sarflanib, 64,4 kilometrlik kanallar va 118,8 kilometr lotoklar mukammal ta’mirlanadi, 3 kilometr qirg‘oq mustahkamlanadi.

9,3 milliard so‘m evaziga 336 kilometr sug‘orish tarmoqlari, 541 dona gidrotexnik inshootlar, 50 dona nasos agregatlari va elektrodvigatellar, 35 ta sug‘orish qudug‘i, Suv iste’molchilari uyushmasi tasarrufidagi 1150 kilometr sug‘orish tarmoqlarida ta’mirlash va tiklash ishlari bajariladi.

Meliorativ inshootlarni ta’mirlashga qaratilgan 28 loyiha doirasida 156,2 kilometr kollektor-drenaj tarmog‘i, 188,9 kilometr yopiq va yotiq drenaj, 9 gidrotexnik inshoot rekonstruksiya qilinadi.

Bu boradagi ishlar natijasida 94,6 ming gektar maydonning suv ta’minoti yaxshilanadi, 1,5 ming gektar lalmi yerlarda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish imkoniyati yaratiladi.

Shavkat Mirziyoyev joriy yilda Jizzax viloyatida 50 kilometr lotok tarmoqlarini qurish hamda salkam 57 kilometr uzunlikdagi lotoklarni ta’mirlash kerakligini ta’kidladi. Buning uchun zarur mablag‘lar ajratish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют