» » Superliga. “O‘zbekcha klassiko”da “Paxtakor” “Neftchi”ga javobsiz 3 ta gol urdi

Superliga. “O‘zbekcha klassiko”da “Paxtakor” “Neftchi”ga javobsiz 3 ta gol urdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi bahslarining 4-turi nihoyasiga yetdi.

“Navbahor” legioneri vodiy derbisida “Qo‘qon-1912”ga g‘alaba keltirdi, AGMK esa “Lokomotiv”ga imkoniyat qoldirmadi (video)

Turning so‘nggi o‘yini Toshkentda “Paxtakor” va Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi o‘rtasida kechdi.  Uchrashuvning 45-daqiqasida “Neftchi” a’zosi Davrom Mamatov o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. “Paxtakor” legioneri Marko Simich 47-daqiqa gol kiritib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. O‘yinga so‘nggi nuqtani Jaloliddin Masharipov qo‘ydi. U bellashuvning 63-daqiqasi o‘z nomiga gol yozib qo‘ydi.

Shu tariqa o‘yin toshkentliklarning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakun topdi.

Superliga

4-tur bellashuvlari

31-mart, shanba

Gol: 1:0 — 45 avtogol Davron Mamatov. 2:0 — 47 Marko Simich. 3:0 — 63 Jaloliddin Masharipov.

Ogohlantirishlar: Doston Tursunov 19, Akmal Shorahmedov 21, Jasur Yaxshiboyev 90.

Ortda qolgan 4 ta turdan keyin Toshkentning “Bunyodkor”i 10 ochko bilan Superliga peshqadami bo‘lib turibdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют