» » Superliga. “Navbahor” o‘z uyida amaldagi chempion “Lokomotiv”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (video)

Superliga. “Navbahor” o‘z uyida amaldagi chempion “Lokomotiv”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (video)


Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 3-tur bahslari davom ettirildi. Avvalroq Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Farg‘onada “Neftchi” mehmoni bo‘lib, bitta gol evaziga g‘alaba bilan qaytgani haqida xabar berilgan edi.

Superliga. “Neftchi” 3-turga kelib o‘z darvozasidan gol olib chiqdi va “Bunyodkor”ga yutqazdi

Toshkentning yana bir jamoasi, O‘zbekistonning amaldagi chempioni “Lokomotiv” esa Namanganning “Navbahor” jamoasi mehmoni bo‘lib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O‘yindagi dastlabki gol mezbonlarn legioneri Tomislav Payovich tomonidan kiritildi.

Ikkinchi gol esa “Navbahor” yetakchisi Azizbek Turg‘unboyev tomonidan 49-daqiqada penaltidan Ignatiy Nesterov darvozasiga kiritildi.

O‘yin oxirlarida “Lokomotiv” hisobni qisqartirishi mumkin edi, biroq “Loko”ning braziliyalik legioneri Nivaldo “Navbahor” darvozaboni o‘rnida paydo bo‘lib, mezbon jamoa darvozasini goldan “saqlab qoldi”.

O‘zbekiston Superligasi

3-tur bellashuvlari

17-mart, shanba

Gollar: 2:0 —  23 Tomislav Payovich. 2:0 — 49 penalti, Azizbek Turg‘unboyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют