» » Superliga. 8-mart vodiy klublari uchun ataldi. Ravshan Ermatov esa Mirjalol Qosimovni maydondan chetlatdi

Superliga. 8-mart vodiy klublari uchun ataldi. Ravshan Ermatov esa Mirjalol Qosimovni maydondan chetlatdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasida 2-tur bellashuvlari start oldi va uning doirasidagi 2 ta uchrashuvga yakun yasaldi.

Ilk turni Bekobodda o‘tkazib, 0:0 hisobida durang o‘ynagan Namanganning “Navbahor” klubi, bu safar Olmaliqdan g‘alaba bilan qaytdi — 2:1. Viktor Kumikov boshchilik qilayotgan AGMK klubi ham 1-turni safarda o‘tkazib, “Bunyodkor” bilan murosaga rozi bo‘lgandi.

Vodiyning boshqa bir jamoasi “Qo‘qon-1912” esa Navoiydan g‘alaba bilan qaytdi. “Qizilqum”ga qarshi o‘yinda qo‘qonlik futbolchilar 2 ta javobsiz gol urishning uddasidan chiqa oldi. Ular bir tur avval Buxoroda imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, navoiylik futbolchilar mamlakat chempioni “Lokomotiv”dan 3 ta javobsiz gol qabul qilib olgandi.

Mazkur bellashuvni FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqarib bordi. U 57-daqiqaga kelib navoiyliklar a’zosi Mirjalol Qosimovga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatib, uni maydondan chetlatdi. Shuningdek, mezbonlar darvozasiga penalti tayin qildi.

O‘zbekiston Superligasi

2-tur bellashuvlari

8-mart, payshanba

Gollar: Azizbek Turg‘unboyev, 50 (0:1). Zafar Polvonov, 82 (1:1). Dilshod Jabborov, 92+ (1:2).

Gollar: Murod Xolmuhammedov, 78-pen (0:1). Suhrob Berdiyev, 87 (0:2).

Chetlatish: Mirjalol Qosimov, 57 (mezbon).

9-mart, juma

“Nasaf” — “Buxoro” 18:00

“Lokomotiv” — “Metallurg” 20:00

10-mart, shanba

“Bunyodkor” — “Paxtakor” 17:30

“So‘g‘diyona” — “Neftchi” 20:00



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют