» » Oliy liga. Vadim Abramov yana ochko yo‘qotdi, Ravshan Ermatovdan 2 ta penalti, “Dinamo” taslim etildi

Oliy liga. Vadim Abramov yana ochko yo‘qotdi, Ravshan Ermatovdan 2 ta penalti, “Dinamo” taslim etildi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 16-tur bellashuvlari kecha — 5-avgust kuni start oldi va uning doirasida 4 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

1-davra yakuniga 3 ta tur qolganida Vadim Abramov Farg‘onaning “Neftchi” klubini qabul qilib olib, 1 ta durang va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgandi. 2-davrani “Neftchi” navbatdagi durang bilan boshlab, o‘z maydonida “Sho‘rtan”ni taslim qila olmadi.

Ravshan Ermatov boshqarib borgan “Olmaliq” — “Buxoro” o‘yinida ham shu hisob qayd etildi. Shu kuni buxoroliklar darvozasiga ikki penalti tayin qilindi. Birida noaniq zarba berilgan bo‘lsa, 90-daqiqadagisi gol bilan tugadi va Viktor Kumikov jamoasi mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Mavsumni ancha bo‘sh boshlagan “Metallurg” sekin-asta o‘ziga kelib olgandi. Kecha bekobodlik futbolchilar Samarqandda yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 1 ta penalti ko‘kka sovurildi.

Ukrainalik yangi bosh murabbiy boshqaruvida Toshkentning “Obod” klubi poytaxtda “Navbahor”ga imkoniyatni boy berdi.

O‘zbekiston Oliy ligasi
16-tur bellashuvlari
5-avgust, shanba

Gol: A’zam Aliyev, 44 (0:1). Abbos Mahsitaliyev, 90 (0:2).

Gol: Murod Toshmatov, 22 (0:1). Zohid Abdullayev, 64 (0:2). Zohid Abdullayev, 76 (0:3).
Noaniq penalti: Hikmat Hoshimov, 16 (M).

Gollar: Ivan Nagayev, 70 (0:1). Shota Grigalashvili, 90-pen (1:1).
Noaniq penalti: Igor Yelich, 35 (O).

Gol: Laziz Ubaydullayev, 64 (0:1). Mo‘ydin Mamazulumov, 69 (1:1).

6-avgust, yakshanba
“So‘g‘diyona” — “Bunyodkor” — 19:00
“Qizilqum” — “Paxtakor” — 19:00
“Nasaf” — “Qo‘qon—1912” — 19:30

7-avgust, dushanba
“Lokomotiv” — “Mash’al” — 19:00

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-08-2017, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют