» » Oliy Liga. “Paxtakor” Buxoroda zafar quchdi. Qo‘qonliklar 1 kishi kam bo‘lib “Navbahor”ni taslim qildi

Oliy Liga. “Paxtakor” Buxoroda zafar quchdi. Qo‘qonliklar 1 kishi kam bo‘lib “Navbahor”ni taslim qildi


O‘zbekiston Oliy Ligasining 25-tur bellashuvlariga yakun yasaldi.

Toshkentning “Paxtakor” klubi markaziy o‘yinni Buxoroda o‘tkazib, 2:0 hisobida zafar quchdi. O‘z maydonida yetakchilardan “Nasaf”, “Bunyodkor” kabilarni mag‘lub eta olgan Ulug‘bek Baqoyev jamoasi, bu safar imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi “Bunyodkor” esa o‘z maydonida G‘uzor klubidan ustun keldi. Bosh murabbiyning o‘g‘li Mirjamol Qosimov raqib darvozasiga gol urdi. Bungacha u O‘zbekiston Kubogining yarim finalida gol urib, “Bunyodkor”ning finalga chiqishiga hissa qo‘shgandi.

Vodiy derbisida “Qo‘qon—1912” Namanganning “Navbahor” klubini taslim qildi. 2-taymni bir kishi kam o‘tkazishga majbur bo‘lgan qo‘qonlik futbolchilar o‘z irodasini namoyish etib, 2 ta gol urishning uddasidan chiqa oldi.

O‘zbekiston Oliy Ligasi
25-tur bellashuvlari
21-oktabr, shanba

Gollar: Darko Gojkovich, 77 (1:0). Javohir Sidiqov, 87 (2:0).
Chetlatish: Oybek Qilichev, 40 (Q).

Gollar: Vohid Shodiyev, 14 (1:0). Mirjamol Qosimov, 36 (2:0). Ruslan Melziddinov, 52 (2:1). Rustam Ashurmatov, 73 (3:1).

Gollar: Igor Sergeyev, 34-pen (0:1). Tiago Bezerra, 90 (0:2).

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-10-2017, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют