» » Kemerovoni 21 yildan beri boshqarib kelgan Aman Tuleyev savdo markazidagi yong‘indan so‘ng iste’fo berdi (video)

Kemerovoni 21 yildan beri boshqarib kelgan Aman Tuleyev savdo markazidagi yong‘indan so‘ng iste’fo berdi (video)


Kemerovo viloyati gubernatori Aman Tuleyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga o‘z ixtiyoriga ko‘ra iste’foga chiqishi yuzasida murojaat qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

“Buni birdan-bir to‘g‘ri qaror deb bilaman. Chunki bunday og‘ir yuk bilan gubernator lavozimini egallab turish mumkin emas. Hammamiz Kemerovoda 25 mart kuni ro‘y bergan fojiadan iztirobdamiz. Aksariyati bolalar bo‘lgan 64 kishini yo‘qotdik. Bu yo‘qotish dardini har bir odam yuragidan o‘tkazdi. Yana bir bor chuqur hamdardlik bildiraman. Biroq yo‘qotganlarimiz xotirasini yodda tutish uchun ham yashashda davom etishimiz kerak”, — dedi Tuleyev videomurojaatida.

Ma’lumot uchun, 73 yoshli Aman Tuleyev Kemerovo viloyatini 1997-yildan beri boshqarib kelgan, gubernatorlik lavozimiga to‘rt marotaba qayta saylangandi. Uning bu galgi vakolati 2020-yilda nihoyasiga yetardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют