» » YouTube’dagi kanalida yarim million obunachisi bo‘lgan pokistonlik jurnalist O‘zbekistonga 135 kishini olib keldi

YouTube’dagi kanalida yarim million obunachisi bo‘lgan pokistonlik jurnalist O‘zbekistonga 135 kishini olib keldi


O‘zbekistonga ziyorat turizmi dasturi bo‘yicha Pokistondan bir guruh sayyoh keldi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur safar tashkilotchisi, jurnalist va yozuvchi Qosim Ali Shoh o‘tgan gal Samarqandga sayohatidan katta taassurot olgan, O‘zbekistondan qaytganidan so‘ng hamyurtlari safidan katta guruh to‘plagandi. Uning YouTube’dagi kanalida yarim milliondan ko‘proq obunachisi bor, shu bois u bilan birga Toshkentga 135 kishi uchib keldi.

Ularni “Toshkent” xalqaro aeroportida qo‘mita, milliy aviakompaniya, mahalliy turizm kompaniyalari va OAV vakillari kutib oldi.

Guruh rahbari jurnalistlarga bergan intervyusida turizm sohasidagi ulkan salohiyatiga qaramay, O‘zbekiston haqida dunyoda kam bilishlarini ochiqladi. Mamlakatni tanishtirishda yordam berish istagida ekanligi, buni ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirishini bildirdi.

Pokistonlik ziyoratchilar O‘zbekistondagi muqaddas qadamjoylar, jumladan, Samarqand va Buxoroga sayohat qiladi. Ular 4-aprel kuni safarni yakunlab, Lahorga uchib ketadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2018, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют