WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Kuvaytda ikki avtobus to‘qnashdi. 15 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi yaralandi
Kuvaytda ikki avtobus to‘qnashdi. 15 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi yaralandi
Kuvaytda ikki avtobusning to‘qnashishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi yaralandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hodisa poytaxt Al-Kuvayt shimolidagi Artel Highway shossesida ro‘y berdi. Avtobuslar ishchilarni tashiyotgandi.
Fuqaro mudofaasi xizmati voqea joyiga kelib, avtobuslarda qamalib qolgan 4 nafar ishchini qutqardi. Ular kasalxonaga yetkazildi.
Boshqa tafsilotlar hozircha ma’lum qilinmadi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?