La Liga. “Atletiko M” g‘alaba qozondi va “Real” bilan oradagi farqni 4 ochkoga oshirib oldi
1-aprel sanasida La Liga doirasida bir nechta o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Chempionatda kuchli uchlikda 2-o‘rinni egallab turgan Diyego Simeone shogirdlari “Deportivo”ni mag‘lub etishga erishdi. O‘yindagi yagona gol fransiyalik hujumchi Kevin Gameyro tomonidan 34-daqiqada penaltidan kiritildi. Shu tariqa “Atletiko Madrid” hamshaharlari “Real”ni 4 ochkoga ortda qoldirgan holda 2-o‘ringa mustahkam o‘rnashib oldi.
4-o‘rinda borayotgan “Valensiya” esa safarda “Leganes” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib qaytdi. Uchrashuvdagi yagona gol 62-daqiqada Rodrigo hisobiga yozildi.
La Liga. Ronaldusiz “Real” g‘alaba qozondi, Messi zaxiradan maydonga tushib, “Barselona”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (video)
La Liga
30-tur bellashuvlari
1-aprel yakshanba
Gol: 0:1 — 62 Rodrigo
Gol: 1:0 — 37 penalti, Chori Kastro
Gol: 1:0 — 34, penalti Gameyro
2-aprel, dushanba
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
