» » 8100 so‘mlik ko‘rsatkichga qaytgan dollar, Qo‘qonning norozi aktyorlari, JCh—2018 ga xavf solayotgan IShID va kunning boshqa muhim xabarlari

8100 so‘mlik ko‘rsatkichga qaytgan dollar, Qo‘qonning norozi aktyorlari, JCh—2018 ga xavf solayotgan IShID va kunning boshqa muhim xabarlari


2-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. O‘zbekistonda dollar kursi qariyb 14 so‘mga pasaydi. Tarixiy sana — 2017-yilning 5-sentabrida ham dollar 8100 so‘m edi.

2. “Daryo” surishtiruvi: Qo‘qon teatri aktyorlari Prezident topshirig‘i bilan qurilgan uyga ko‘chib kirishni nega istamayapti? “Prezident tashabbusi bilan qurilgan uy 17 yildan 20 yilgacha eng arzon kredit bilan berilsin, deyilgan. Lekin unday bo‘lmadi”.

3. AQShda ikki o‘zbekistonlik terrorizmni moliyalashtirganligi uchun sud qilinmoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan biri terrorchilik tashkilotiga 300 dollar ko‘chirib o‘tkazish uchun kodli so‘zlar va boshqa shifrlash usullaridan foydalangan.

4. IShID Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga tahdid solmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan ayrim suratlarda terrorchilar uchuvchisiz uchar qurilmalardan foydalangan holda o‘yinchi va muxlislar ustiga bomba tashlayotgani tasvirlangan.

5. To‘raqo‘rg‘on IES qachon ishga tushadi? Xalqaro tenderda Yaponiyaning Mitsubihi Corporation va Mitsubishi Hitachi Power Systems konsorsumi bosh pudratchi sifatida g‘olib deb topildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют