» » AQShda ikki o‘zbekistonlik terrorizmni moliyalashtirganligi uchun sud qilinmoqda

AQShda ikki o‘zbekistonlik terrorizmni moliyalashtirganligi uchun sud qilinmoqda


AQSh prokuraturasi Filadelfiyada yashaydigan o‘zbekistonlikni terrorizmni moliyalashtirganlikda aybladi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u terrorchilik tashkilotiga 300 dollar ko‘chirib o‘tkazish uchun kodli so‘zlar va boshqa shifrlash usullaridan foydalangan, deb yozadi Forum Daily.

Ammo uning advokatlari shu tariqa u shunchaki tanishiga qarzini qaytarganini da’vo qilmoqda.

Baxtiyor Jumayev olti yil avval Filadelfiyadagi xonadonida hibsga olingan. U terrorchilik tashkilotiga moddiy yordam berish maqsadida til biriktirganlikda ayblanmoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u yana bir o‘zbekistonlik Jamshid Muxtorov (u ham ushbu ish bo‘yicha javobgar sifatida sudlanmoqda) bilan AQShda bitta uyda ijarada turgan vaqtda do‘stlashib qolgan. Ular telefon suhbatlari va elektron maktublarida kodli so‘zlardan foydalanib, “Islom jihodi ittifoqi” nomli terrorchilik guruhini muhokama qilgan.

Qo‘lga olingach, Jumayev o‘z aybiga iqror bo‘lib, terrorchilik guruhlariga pul yuborish va kodli so‘zlardan foydalanish jinoyat ekanligini bilganligini aytgan.

Ayblovchilar so‘zlariga ko‘ra, erkaklar ko‘plab mamlakatlarda musulmonlarning huquqlari cheklab qo‘yilishi haqidagi xulosaga kelgach, bunday ishga qo‘l urgan.

Ammo Jumayevning advokati u Muxtorovdan o‘z vaqtida 500 dollar qarz olgani va o‘shani qaytarib berganini, ushbu tranzaksiya esa noto‘g‘ri talqin qilinganini aytmoqda.

Alohida sud qilinayotgan Muxtorov esa 2012-yilda Chikago aeroportida hibsga olingan. Uning telefonidan terrorchilik tashkilotlarining targ‘ibot videolari topilgan. Erkak ayblovlarni rad etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют