WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Xitoylik bloger ijtimoiy tarmoqda ko‘proq layk to‘plash uchun 10 dan ortiq Mercedes belgisini o‘g‘irladi
Xitoylik bloger ijtimoiy tarmoqda ko‘proq layk to‘plash uchun 10 dan ortiq Mercedes belgisini o‘g‘irladi
Xitoylik bloger Mercedes rusumidagi avtomobillar belgisini o‘g‘irlagani uchun hibsga olindi. Bu haqda South China Morning Post xabar bermoqda.
Chjeszyan provinsiyasining Yunkan shahrida yashovchi yigit bir kechada 10 dan ortiq belgini o‘g‘irladi, buni videoga oldi va internetga joyladi. Ertasiga ertalab shahar politsiyasiga Mercedes egalaridan ko‘plab shikoyat tushdi. Politsiya uning izidan tushib, kvartirasida qo‘lga tushirdi.
25 yoshli bloger politsiyachilarga bunday roliklar videoresurslardan birida juda ommalashganini ma’lum qildi. U ham rolikni kanaliga joylab, yangi obunachilar jalb etish va ko‘proq layk to‘plash umidida bo‘lgan.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?