» » YouTube servisi ishidagi nosozliklar bartaraf etilgani xabar berildi

YouTube servisi ishidagi nosozliklar bartaraf etilgani xabar berildi


YouTube videoservisi uning ishini qariyb 4 soatga cheklab qo‘ygan “500 xatolik” bartaraf etilganini ma’lum qildi, deb yozadi “Vedomosti”.

“Sabr-toqatingiz uchun rahmat, ‘500 xatolik’ ayni paytda bartaraf qilindi”, — deyiladi kompaniya Twitter’ida.

Nosozlik Toshkent vaqti bilan 3-aprelga o‘tar kechasi 00:55 da qayd etilgan edi. Muammo Rossiya, Ukraina, Belarus, bir qator Yevropa mamlakatlari, shuningdek, AQSh, Kanada va Braziliyadagi foydalanuvchilarda yuzaga kelgan.

Ular sayt bilan ishlashda qiyinchiliklarga duch kelgan, videoyozuvlarni ko‘rishda muammolarga uchragan, o‘z akkauntlariga kira olmagan. Shuningdek, turli kanallarga kirishda ham muammolar yuzaga kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют