» » Afg‘oniston harbiy samolyotlari Tojikiston bilan chegarada “Tolibon”ning olti nafar muhim a’zolarini yo‘q qildi

Afg‘oniston harbiy samolyotlari Tojikiston bilan chegarada “Tolibon”ning olti nafar muhim a’zolarini yo‘q qildi


Afg‘oniston harbiy-havo kuchlari Qunduz viloyatining shimoli-sharqidagi Dashti Archi uyezdining Tojikiston bilan chegaradosh hududida olib borgan aviahujumlari chog‘ida “Tolibon” harakatining olti nafar muhim ishtirokchilari, shuningdek, toliblarning “qit’ai surh” elita bo‘linmasining 17 jangarisi yo‘q qilindi, deb yozadi “Interfaks”.

Ta’kidlanishicha, o‘ldirilgan jangarilar orasida Kvetta Shurasi a’zosi Mavlovi Baryoniy, toliblarning Qunduzdagi harbiy komissiyasi rahbari Qori Hamidulla, ushbu komissiya a’zosi Mavlovi Shahidulla, “qit’ai surh” instruktori Mavlovi Mumtoz, dala qo‘mondonlaridan biri Qori Imod, toliblarning Bag‘lon viloyatidagi qo‘mondoni Abdulmalik hamda “qit’ai surh” bo‘linmasining 17 jangarisi bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют