» » Sankt-Peterburg metrosidagi portlashni amalga oshirgan terrorchilar “elektron izlar” orqali topilgan

Sankt-Peterburg metrosidagi portlashni amalga oshirgan terrorchilar “elektron izlar” orqali topilgan


2017-yilda Sankt-Peterburg metrosida yuz bergan teraktni hattoki o‘zaro tanish bo‘lmagan va faqat zamonaviy aloqa vositalari orqali muloqot qilgan ekstremistik tashkilot ishtirokchilari amalga oshirgan. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenko ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday aloqa usullaridan foydalanilganda qoladigan “elektron izlar”ning sinchiklab tahlil qilinishi natijasida qisqa muddatda jinoiy guruh a’zolarining barchasi fosh qilingan va shaxsi aniqlangan.

Petrenkoning qo‘shimcha qilishicha, jinoiy ish bo‘yicha ayblanuvchi sifatida 11 kishi jalb qilingan, ularning barchasi hibsda saqlanmoqda.

2017-yil 3-aprel kuni Sankt-Peterburg metropoliteni vagonida ro‘y bergan portlash oqibatida 16 kishi, shu jumladan, xudkush terrorchi — qirg‘izistonlik Akbarjon Jalilov halok bo‘ldi. 50 kishi jarohat oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют