» » OChL. Bugun “Lokomotiv” safarda “Al-Vahda”ga qarshi maydonga tushadi. Sport-TV o‘yinni jonli translyatsiya qiladi

OChL. Bugun “Lokomotiv” safarda “Al-Vahda”ga qarshi maydonga tushadi. Sport-TV o‘yinni jonli translyatsiya qiladi


Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi bugun Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan 5-tur uchrashuvida BAAning “Al Vahda” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv Abu Dabidagi Zayed Sports City stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ayni paytda “Lokomotiv” “B” guruhida 4 ta o‘yindan keyin 3 ochko jamg‘argan holda, 3-pog‘onani egallab turibdi.

“Al-Vahda” – “Lokomotiv” bahsi Toshkent vaqti bilan soat 20:10 da start oladi. Uchrashuv Sport-TV telekanali tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda translyatsiya qilinishi rejalashtirilgan.

“Lokomotiv” pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab turibdi, buning uchun temiryo‘lchilar bugungi bellashuvda va 17-aprelda Toshkentda “Zob-Ohan”ga qarshi o‘tadigan o‘yinda g‘alaba qozonishi talab etiladi.

4-turdan keyin guruhdagi vaziyat:

Osiyo Chempionlar ligasi

“B” guruhi, 5-tur bellashuvi

3-aprel, seshanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют