» » AQShda maktab bitiruvchisi 20 ta universitetga hujjat topshirib, ularning barchasiga qabul qilindi

AQShda maktab bitiruvchisi 20 ta universitetga hujjat topshirib, ularning barchasiga qabul qilindi


AQShning Texas shtati Xyuston shahrida yashovchi 17 yoshli Mikel Braun ismli o‘smir AQShning 20 ta eng yaxshi universitetiga kirish hujjatlarini topshirib, ularning barchasiga qabul qilindi, unga jami 260 ming dollar stipendiya taklif qilishdi, deb yozadi Forum Daily.

Yigitcha o‘zi uchun eshiklari ochiq bo‘lgan 20 ta universitet ichida 8 ta eng nufuzlisidan bittasini tanlaydi, bular: Garvard, Prinston, Shimoli-G‘arbiy universitet, Yel, Pensilvaniya universiteti, Stenford, Jorjtaun universiteti va Vanderbilt universiteti.

Mikel maktabda o‘qib yurgan paytlarida debatlarda, (maktabda o‘rganish uchun uyushtirilgan) yasama sud ishlarida va o‘quv ma’muriyatida faol ishtirok etgan. Shuningdek, u siyosiy kampaniyalarda, xususan, Barak Obamaning prezidentlik kampaniyasida ko‘ngilli sifatida qatnashgan.

Hozirda u siyosatshunoslik va iqtisodiyot sohasida ta’lim olish niyatida.

Mikel aprel oyida uni qabul qilgan universitetlarning hammasiga borib ko‘rmoqchi, yakuniy tanlovni esa 1-may kuni amalga oshirmoqchi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют