» » Qirg‘iziston poytaxtida ikkinchi kun marshrutka haydovchilari ish tashlashmoqda

Qirg‘iziston poytaxtida ikkinchi kun marshrutka haydovchilari ish tashlashmoqda


Qirg‘iziston poytaxtida ikkinchi kun yo‘nalishli taksi haydovchilarining ish tashlashi davom etmoqda. Minglab mashinalar yo‘nalishlarga chiqmagan. Bu haqda 3-aprel kuni Bishkek meriyasi xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

2-aprel, dushanba kuni Bishkekda transport inqirozi kuzatildi. Haydovchilar yo‘l haqi tariflarini oshirish va 1-apreldan kuchga kirgan transport vositalari egalarining javobgarligini sug‘urtalash haqidagi qarorni bekor qilishni talab qilmoqda.

Sug‘urta badali har bir o‘rindiq uchun yiliga 136 so’mni (2 dollar atrofida) tashkil etadi.

“Vaziyatga aniqlik kiritmoqdamiz. Bugun ham yo‘nalishli taksilarning bir qismi ishga chiqmadi. Mazkur muammoni hal etish uchun zahiradagi barcha avtobus va trolleybuslar ishga tushirilgan”, — deya xabar qiladi meriya.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют