» » O‘zbekiston ikkita xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi

O‘zbekiston ikkita xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi


O‘zbekiston Prezidenti 2-aprel kuni Qozog‘iston va Turkmaniston bilan chegaralarning tutashgan joyni belgilash hamda Afg‘onistonga huquqiy yordam ko‘rsatish borasidagi ikkita xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi. Ratifikatsiya borasidagi qonunlar “Xalq so‘zi” gazetasida e’lon qilindi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

Uchta mamlakat chegaralarining tutashgan joyi to‘g‘risidagi bitim 2017-yilning 10-noyabrida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari tomonidan Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo: bir o‘tmish va bir kelajak, barqaror rivojlanish va o‘zaro farovonlik uchun hamkorlik” xalqaro anjumani doirasida imzolangan.

Oliy Majlis Senati matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “shartnoma chegaradosh uchta davlatlarning o‘zaro hurmatini, suveren tengligi va hududiy yaxlitligini mustahkamlash uchun mustahkam poydevor yaratadi”.

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam to‘g‘risidagi bitim 2017-yil 5-dekabrda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida imzolangandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kelishuv “ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uni yanada taraqqiy ettirishga xizmat qiladi”. Hujjat, xususan, ikki mamlakat fuqarolarini huquqiy himoya borasida teng imkoniyatlar bilan ta’minlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют