» » Prezident Rossiya bilan harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi

Prezident Rossiya bilan harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni “O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun (pdf)ni imzoladi, deya xabar bermoqda UzDaily.

Ushbu shartnoma O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati tomonidan 28-mart kuni ratifikatsiya qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya 2016-yilning 29-noyabr kuni Moskva shahrida harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimni va ikki mamlakat harbiy idoralari o‘rtasida 2017-yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik rejasini imzolagan edi.

Bitim doirasida tomonlar bir-biriga harbiy maqsadlardagi mahsulotlar — qurol-yarog‘, harbiy texnika, ishlar, xizmatlar va boshqalarni yetkazib berishi mumkin. Bundan tashqari, tomonlar qurol-yarog‘ va harbiy texnikaga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash ishlarini ham bajaradi.

Опубликовано: admin (3-04-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют