» » O‘zbekistonda monopol mahsulotlar ro‘yxati va turlarini tubdan qisqartirish imkonini beruvchi qaror qabul qilindi

O‘zbekistonda monopol mahsulotlar ro‘yxati va turlarini tubdan qisqartirish imkonini beruvchi qaror qabul qilindi


30-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 249-sonli “Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi raqobat qo‘mitasi axborot xizmati.

Ushbu qaror bilan tovar bozorida sotiladigan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom va narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Qaror O‘zbekiston Prezidentining “Yoqilg‘i-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta’minlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiiste’molchiliklar va talon-tarojliklar sharoitini tugatish, to‘lov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son qarorini ijro etish, shuningdek, monopol mahsulotlar ro‘yxati va turlarini tubdan qisqartirish, monopoliyaga qarshi tartibga solishning xalqaro prinsiplariga o‘tishni ta’minlash maqsadida qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют