» » Toshkentda parkdagi sevishganlardan pul undirib yurgan soxta militsionerlar qo‘lga olindi (video)

Toshkentda parkdagi sevishganlardan pul undirib yurgan soxta militsionerlar qo‘lga olindi (video)


Toshkentda militsiyaning xizmat libosini kiyib olib, firibgarlikka qo‘l urgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda “Toshkent” telekanalining “Poytaxt-vaziyat” ko‘rsatuvida axborot berildi.

Bekzod Adilbekov va Anvarxo‘ja Shoisayev 28-fevral kuni soat 16:30 larda Toshkent shahar Mirobod tumani hududidagi “Bolajon” istirohat bog‘iga kelgan hamda shu yerda birga sayr qilib yurgan yigit va qizni so‘roqqa tutadi.

“Maqsad — po‘pisa qilib, pul ishlab olish edi. Aynan shuning uchun soxta militsionerlar yigit-qizni jamoat joyida behayo harakatlarni sodir etganlikda ayblab, bu holat ular yashaydigan mahallada muhokama qilinmasligi evaziga ulardan pul talab qiladi”, — deyiladi ko‘rsatuvda.

Jabrlanuvchilarning arizasiga asosan, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi O‘z xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Natijada Adilbekov va Shoisayev 80 ming so‘m miqdorida pul mablag‘ini olgan vaqti ushlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 121) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют