» » AQShda maktab avtobusi haydovchisi bolalar yonidan salkam 4 ming dollarlik narkotik topdi

AQShda maktab avtobusi haydovchisi bolalar yonidan salkam 4 ming dollarlik narkotik topdi


AQShda narkotiklar hidini sezib qolgan avtobus haydovchisi politsiyaga murojaat qildi, bu minglab dollarlik narkotikni aniqlashga sabab bo‘ldi, deb yozadi ForumDaily.

Hodisa 29-mart kuni 07:45 atrofida yuz bergan. Kolleton okrugi (Florida) maktab avtobusining haydovchisi o‘rta maktabga yo‘l ola turib, avtobusda marixuananing o‘tkir hidini sezib qolgan.

U bu haqda maktab ma’muriyati va maktab xavfsizligining ikki xodimini ogohlantirgan. Ular avtobus maktab binosiga yetib kelgandan so‘ng o‘quvchilar va ularning shaxsiy buyumlarini tintuvdan o‘tkazgan.

Politsiyachilar va maktab qo‘riqlov xizmati 250 grammdan ortiq kanabisni topdi, bu miqdordagi narkotikning ko‘cha qiymati 3 900 dollar atrofida.

Ikki nafar voyaga yetmagan qo‘lga olingan, ular so‘roq qilingandan so‘ng sudgacha ozod etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют