» » Firibgarligi uchun 3 marta sudlangan ayol buxorolik tadbirkorni 132 mln so‘mga chuv tushirib ketdi

Firibgarligi uchun 3 marta sudlangan ayol buxorolik tadbirkorni 132 mln so‘mga chuv tushirib ketdi


Shofirkon tumanidagi “Real Frukt Produkt” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari S. Saidov firibgarlikka duch kelgani yuzasidan ichki ishlar idoralariga murojaat qildi. Bu haqda “Daryo”ga Buxoro viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Arizachiga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida yashovchi Aynura Primbetova uni aldab, ishonchiga kirib, bir haftada to‘lab berish sharti bilan undan 132,8 million so‘mlik un mahsuloti oldi. Biroq va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yubordi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida A. Primbetova muqaddam 3 marotaba firibgarlik jinoyati sodir etganligi uchun sudlangani ma’lum bo‘ldi.

O‘tmishidan xulosa chiqarmagan ayolga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют