» » Yaponiyada beo‘xshov tumshuqli it vokzal boshlig‘i bo‘ldi

Yaponiyada beo‘xshov tumshuqli it vokzal boshlig‘i bo‘ldi


Yaponiyada beo‘xshov tumshuqli it Vasao Aomori prefekturasi, Adzigasava shahridagi temir yo‘l stansiyasi faxriy boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda The Asahi Shimbun xabar bermoqda.

1-aprel kuni Adzigasava stansiyasi oldidagi maydonda “Vasao” loyihasi rahbari itni tayinlash haqidagi xatni o‘qib berdi. Vasaoning qiz o‘rtog‘i Subaki uning o‘rinbosari, ularning ikki yoshli qizi Tyome esa stajyor bo‘ldi.

Ular shu kuniyoq o‘z majburiyatlarini bajarishga kirishdi va Adzigasavaga yetib kelayotgan sayr poyezdlarini kutib oldi. Sayyohlar itlarga qo‘l siltab, ularni suratga oldi.

It beo‘xshov ko‘rinishi tufayli dastlab internetda mashhurlikka erishgan, keyinchalik uni televideniyega taklif qila boshlashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 06:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют