» » Toshkentda maktab direktorini 9-sinf o‘quvchisi kaltaklagani haqidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmadi

Toshkentda maktab direktorini 9-sinf o‘quvchisi kaltaklagani haqidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmadi


2018-yil 31-mart kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Xalq bilan muloqot/Dialog s narodom” guruhida Sa’dullayev Oybek ismli foydalanuvchi tomonidan Toshkent shahri Olmazor tumani 315-sonli maktab direktorini 9-sinf o‘quvchisi kaltaklagani haqida post qoldirildi, deyiladi Xalq ta’limi vazirligining Telegram-kanalida.

Mazkur holat mas’ul mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqildi. Unda keltirilgan vajlar o‘z isbotini topmadi. Maktab rahbari va o‘quvchi o‘rtasida hech qanday kelishmovchilik sodir bo‘lmagan.

Shuningdek, maktab direktori tomonidan tikuv mashinalarining talon-taroj qilingani hamda o‘qituvchilarga beriladigan mukofot pullari o‘zlashtirilgani to‘g‘risidagi vajlar mas’ul idora vakillaridan iborat maxsus guruh tomonidan o‘rganilganda tasdig‘ini topmadi.

Muallif tomonidan qoldirilgan postda maktab rahbarini obro‘sizlantirish va unga nisbatan tuhmat qilish alomatlari borligi sabab hozirda ushbu ish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan.

Mazkur holat yuzasidan tekshiruvlar yakunida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Xalq ta’limi vazirligi fuqarolarning tizimiga oid taklif-mulohaza va fikrlarini qadrlaydi hamda sohada olib borilayotgan islohotlar samaradorligini ta’minlashda jamoatchilik bilan hamkorlik qilishga doim tayyor, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют