» » Tatyana Karimova Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan insholar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimida qatnashdi

Tatyana Karimova Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan insholar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimida qatnashdi


O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida mamlakat oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan insholar tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirga yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, oliy o‘quv yurtlari professorlari, talaba yoshlar, ularning ota-onalari taklif etildi.

Ishtirokchilar dastlab, Birinchi Prezident haykali poyiga gullar qo‘ydi, Islom Karimovning 80 yilligiga bag‘ishlangan “Butun olamni jo qilgan yurak” nomli ko‘rgazma ekspozitsiyasi bilan tanishdi.

Mazkur fond boshqaruvi raisi B.Ubaydullayev, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi rahbarining ilmiy-ijodiy faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari T.Qo‘ziyev, fond vasiylik kengashi a’zosi, Birinchi Prezidentning rafiqasi T.Karimova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, publitsist A.Meliboyev, “O‘zbekiston ovozi” gazetasi bosh muharriri S.Ostonov va boshqalar yoshlarni mustaqillikni asrab-avaylash, vatanparvarlik, fidoyilik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashga doimiy e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

22-yanvardan 22-fevralga qadar o‘tkazilgan tanlovda oliy ta’lim dargohlari talabalari faol ishtirok etdi. Tarixchi, siyosatshunos, filolog olimlardan iborat maxsus komissiya tomonidan insholar keng va atroflicha o‘rganib, tahlil etildi. Taqdim etilgan ishlarda fikr ravonligi, mavzuning to‘liq ochilgani, o‘ziga xosligi, mavzuga oid fakt va misollar o‘rinli ekaniga asosiy e’tibor qaratildi.

– G‘oliblarni aniqlash juda qiyin bo‘ldi, – deydi “O‘zbekiston ovozi” gazetasi bosh muharriri Safar Ostonov. – Har bir inshoda Birinchi Prezidentimizga yoshlarimizning mehri, hurmati va ehiromi ufurib turgani e’tiborga molikdir.

Tanlov natijasiga ko‘ra, birinchi o‘ringa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining beshinchi kurs talabasi Otabek Akromov munosib topildi. Ikkinchi o‘rinni Toshkent pediatriya tibbiyot institutining beshinchi kurs talabasi Malika Shorustamova egalladi. Uchinchi o‘ringa Toshkent davlat yuridik universitetining to‘rtinchi kurs talabasi Nurbek Toshkanov sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, o‘n yetti nafar talaba rag‘batlantiruvchi va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют