» » Brejnev O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida mingan “Chayka” 520 ming dollarga sotilmoqda (foto)

Brejnev O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida mingan “Chayka” 520 ming dollarga sotilmoqda (foto)


Rossiyaning “Yula” e’lonlar saytida GAZ-13 “Chayka” avtomobilining 1980-yilgi nusxasi sotilayotgani haqida xabar paydo bo‘ldi, deb yozadi “Motor”. Suratlarga qaraganda, mashina egasi o‘zbekistonlik.

Mashina sotuvchisining aytishicha, limuzin elchixona garajiga kirgan, 1982-yilda esa unda O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Sovet ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi Leonid Brejnev harakatlangan. Avtomobil 30 million rubl (taxminan 520 ming dollar)ga taklif etilmoqda.

Butun “hayoti” davomida “Chayka” o‘z egasini ikki marta almashtirishga va 2 ming kilometr masofani bosib o‘tishga ulgurgan. Uch pog‘onali gidromexanika uzatish qutisi bilan uyg‘unlashgan 195 ot kuchiga teng 5,53 litrli V-simon “sakkiztalik” asl dvigatel ham saqlanib qolgan. Limuzin 20 soniyada 100 km/soat tezlikka erisha oladi, uning maksimal tezligi esa soatiga 160 kilometrga teng.

“Chayka”ning jihozlanishi o‘z statusiga mos bo‘lib, o‘sha davrdagi mahalliy mashinalardan farqlanadi. Masalan, limuzin elektron oyna ko‘targichlar, isitish tizimi, tumanga qarshi chiroqlar, qoraytirilgan oynalar va charm qoplangan kreslolar bilan jihozlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют