» » Qo‘qonda o‘lik holda topilgan bola onasi tomonidan o‘ldirilganligi aniqlandi

Qo‘qonda o‘lik holda topilgan bola onasi tomonidan o‘ldirilganligi aniqlandi


Qo‘qon shahrida o‘lik holda topilgan o‘g‘il bolaning shaxsi aniqlandi. U o‘z onasi tomonidan vahshiylarcha o‘ldirilgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Farg‘ona viloyati prokuraturasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Qo‘qon shahridagi Qo‘qon–Toshkent avtobekati yaqinidagi avtokemping ustaxonasidan o‘lik holda topilgan o‘g‘il bolaning shaxsi aniqlandi. U 2015-yil 4-noyabrda tug‘ilgan Firdavsbek Ibrohimjonov Iqboljon o‘g‘li bo‘lgan.

U o‘z onasi 1995-yil 3-sentabrda tug‘ilgan, Andijon viloyati Qo‘rg‘otepa tumani Ma’murobod qishlog‘i Namuna ko‘chasi 18-uyda istiqomat qiluvchi Saidaxon Tillavoldiyeva Murodjon qizi tomonidan bo‘g‘ib o‘ldirilgan. Olib borilgan tezkor tergov-qidiruv ishlari natijasida qotil ona Toshkent shahrida qo‘lga olingan.

Voqea tafsilotiga ko‘ra, Saidaxon Tillavoldiyeva turmushidan ajrashib, ota uyida yashay boshlagan. Joriy yilning 23-mart kuni esa oilaviy nizo tufayli 3 yoshli o‘g‘li bilan ota uyini tark etib, vaqtincha ishlash maqsadida Toshkent shahriga boradi. Lekin farzandi bilan o‘ziga mos ish topa olmaydi. 2-aprel kuni u farzandi Firdavsni vaqtincha qarab turishi uchun tanishi J.Uga qoldirish maqsadida Toshkentdan Uchko‘prik tumaniga keladi. Tanishi J.Uni topa olmagach, yo‘nalishli avtobusda Qo‘qon shahriga kelib, Qo‘qon–Toshkent avtobekati hududida o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldiradi va ishlash maqsadida yana Toshkent shahriga qaytadi.

Hozirda voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют