» » Farg‘onada noqonuniy ravishda chigit saqlayotgan fuqaro aniqlandi

Farg‘onada noqonuniy ravishda chigit saqlayotgan fuqaro aniqlandi


Joriy yilning mart oyida Farg‘ona viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tadbir davomida Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro Asqarovning xonadonida umumiy og‘irligi 8200 kilogramm bo‘lgan jami 320 ta qopga joylangan paxta chigiti urug‘ligi noqonuniy saqlanayotganligi aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston IIV axborot xizmati xabar berdi.

Surishtiruv davomida mazkur shaxsning xonadonidagi paxta chigiti tanishiga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan o‘tkazilgan qo‘shimcha surishtiruvlar davomida fuqaroning xonadonidan paxta chigitini qayta ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qo‘lbola o‘simlik yog‘i va chorva ozuqasi tayyorlovchi uskunalar, yuk varaqasi blanki, 200 va 20 litr sig‘imdagi idishlar borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olindi.

Holat yuzasidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют