» » Buvayda tumanida noqonuniy ravishda diniy ta’limotdan dars berib kelgan shaxs qo‘lga olindi

Buvayda tumanida noqonuniy ravishda diniy ta’limotdan dars berib kelgan shaxs qo‘lga olindi


Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Ichki ishlar bo‘limi hamda boshqa huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar davomida Buvayda tumani Oqqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi fuqaro Nizomov maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy ta’limotdan (xususiy tartibda) saboq berib kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Surishtiruv davomida mazkur shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda tashkil etilgan “hujra”da Toshkent shahri, Toshkent, Jizzax, Andijon viloyatlarida hamda Farg‘ona viloyatining Oltiariq, Bog‘dod, Buvayda, Uchko‘prik va Furqat tumanlarida yashovchi, turli yoshdagi jami 21 nafar o‘smir va voyaga yetmaganlar diniy ta’lim olayotganliklari aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxs xonadonidan topilgan 50 dona turli arab yozuvidagi diniy kitob, 14 dona daftar, 11 dona radiopriyomnik, 6 dona lavh, 4 dona sim-kartalar, 2 dona disk, 1 dona xotira qurilmasi (fleshka), 1 dona chip kelgusida tadqiqot o‘tkazish uchun daliliy ashyo tariqasida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari davom etmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют