» » Sukerberg: Rossiyaning “trollar fabrikasi” ishi, shu jumladan, O‘zbekiston fuqarolariga qarshi qaratilgan edi

Sukerberg: Rossiyaning “trollar fabrikasi” ishi, shu jumladan, O‘zbekiston fuqarolariga qarshi qaratilgan edi


Facebook asoschisi Mark Sukerberg o‘z kompaniyasi Rossiyaning “trollar fabrikasi” sifatida mashhur bo‘lgan “Internet tadqiqotlar agentligi” (Internet Research Agency, IRA) kompaniyasiga tegishli bo‘lgan 270 dan ortiq sahifa va akkauntlarni aniqlab, bloklab qo‘yganini ma’lum qildi, deb yozadi Spot.

Sukerberg ushbu akkaunt va sahifalar o‘z kontenti uchun emas, balki IRA tomonidan nazorat qilingani sababli yopib qo‘yilganini aytdi.

“Bloklab qo‘yilgan akkaunt va sahifalar Rossiyada yashaydigan odamlarga, shuningdek, Ozarbayjon, O‘zbekiston va Ukraina kabi qo‘shni mamlakatlardagi rus tilida so‘zlashuvchilarga ham qaratilgan edi”, — dedi Sukerberg.

Facebook asoschisining so‘zlariga ko‘ra, IRA aldov yo‘li bilan faoliyat yuritib, AQSh, Yevropa va Rossiyadagi odamlarni manipulyatsiya qilishga intilgan. “Biz ularni Facebook’da boshqa ko‘rishni istamaymiz”, — dedi Sukerberg.

Nashr eslatishicha, shu yilning fevralida AQSh hukumati Rossiyaning 13 fuqarosiga va uchta tashkilotiga 2016-yilgi saylovoldi kampaniyaning borishiga aralashishga urinish bo‘yicha rasmiy ayblov ilgari surdi. AQShga qarshi til biriktirishda ayblanayotganlar orasida “Internet tadqiqotlar agentligi”ning 12 nafar xodimi bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют