» » Madridning “Real” akademiyasi vakillari iyunda O‘zbekistonga keladi

Madridning “Real” akademiyasi vakillari iyunda O‘zbekistonga keladi


O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (u vaqtda O‘FF) va “Real Madrid” klubi akademiyasi direktori vakillari uchrashuvi davomida “Qirollik klubi”ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida O‘zbekistonda “Real Madrid” klubining futbol maktabi ochilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgandi.

Mazkur kelishuv bo‘yicha ish tartibini yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Professional futbol ligasi direktori Omon G‘ofurov Ispaniyaga tashrif buyurib, “Real Madrid” akademiyasi rahbariyati bilan uchrashdi.

Kelishuvga ko‘ra, “Real Madrid”da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha ham hamkorlik qilinadi. Ular futbol maktablarida mashg‘ulotlar o‘tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.

Shuningdek, O‘zbekistondagi iste’dodli bolalarni “Real Madrid”ga olib borish, “Qirollik klubi” tomonidan tashkil etiladigan musobaqalarda ularning ishtirokini ta’minlash bo‘yicha ham hamkorlik qilinadigan bo‘ldi.

“Real Madrid” akademiyasi xorijiy davlatlarda faqat Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida ish olib bormoqda.

Endilikda ushbu dastur asosida “Real Madrid” metodologiyasini o‘zbekistondagi futbol klublarida ham qo‘llash, futbolchilar bilan yangicha uslubda mashg‘ulotlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra shu yilning iyun oyida “Real Madrid” klubi akademiyasi mutasaddilari va vakillari O‘zbekistonga tashrif buyuradigan bo‘ldi. Ular O‘zbekistonda bir oyga yaqin vaqt davomida bo‘lib, “Qirollik klubi” akademiyasini tashkil etish, respublikadagi futbol maktablari va akademiyalarida ispan futboli metodikasi bo‘yicha ish olib borish, bolalar futboli murabbiylarining malakasini oshirish, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish borasida ish olib boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют