» » Farg‘onada “Burgut” harbiy sport musobaqasi o‘tkazildi

Farg‘onada “Burgut” harbiy sport musobaqasi o‘tkazildi


Farg‘ona shahrida joylashgan Temurbeklar maktabi o‘quv-mashg‘ulot maydonida Ichki ishlar vazirligining Farg‘ona, Andijon va Namanganda joylashgan akademik litseylari jamoalari o‘rtasida “Burgut” harbiy sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, viloyat ichki ishlar, sog‘liqni saqlash, mudofaa, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi hamda jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari o‘rtasida tuzilgan qo‘shma qaror ijrosi doirasida uyushtirilgan ushbu musobaqada bo‘lajak osoyishtalik posbonlari o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.

Bo‘lajak posbonlar “Mohir mergan”, “To‘siqlardan oshib yugurish”, “Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish”, “Minalashtirilgan hududda harakatlanish”, “Safda qo‘shiq aytish”, “Maxfiy parollar bilan ishlash”, “Harbiy unvonlar turi va harbiy lavozimlar”, “O‘zbekiston ramzlari”, “Raqib jamoa bayrog‘ini egallash” kabi shartlar bo‘yicha o‘zro kuch sinashdilar. Jamolarning xatti-harakatlarini nufuzli hakamlar hay’ati baholab bordi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, farg‘onalik yoshlar birinchi, Namangan va Andijon jamoalari esa ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 14:09)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 129) ( 0) ( 127) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют