» » Iqtisodchi ekspert Adham Shodmonov: Pul almashadi yoki sinishi haqidagi barcha mish-mishlar asossiz

Iqtisodchi ekspert Adham Shodmonov: Pul almashadi yoki sinishi haqidagi barcha mish-mishlar asossiz


OzA avvalroqiqtisodchi ekspert Adham Shodmonovbilan bolib otgan Inflyatsiyaning yashirilishi yoxud pil almashadimi? mavzusidagi suhbatni elon qilingandi. Mazkur mavzu bir qator saytlarda keng muhokama qilingani, kopchilik savolga javobni turlicha talqin qilib, mavzu ochib berilmaganini malum qilgach, ekspert buborada yana bir bor oz fikrlarini bildirdi.

Pul bozor sharoitida xojalik muomalasiga chiqariladigan va ishlatiladigan tolov vositasi hisoblanadi va bu doimiy xarakterga ega. Naqdsiz pullar tijorat banklar oz mijozlariga qarz berganida muomalaga kiritiladi. Naqd pullar esa bank mijozlarga kassalar orqali beriladi.

Bunda har qaysi mijoz, albatta, bank qarzlarini qaytarishi va boshqa pul muomalalari (xaridlar) uchun banklarga pul topshirishi shart. Demak, bu holatda muomaladagi pul miqdori ozgarmaydi. Pul emissiyasi holatida pulni muomalaga chiqarish esa pul umumiy miqdorining ortishiga olib keladi.

Odatda kreditlar, bankdagi bor pul hisobidan beriladi. Bor pul esa bankning oz puli, jalb etilgan manbalar - grant, omonat kabi qarzlardan tashkil topadi. Narxlarning yoki ishlab chiqarishning osishi muomalaga yana pul chiqarish zaruriyatini yuzaga keltiradi.

Emissiyaning osishi esa davlatning tovar muomalasi talabi bilan chambarchas bogliqdir. Bu togrisida aholi oldindan xabardor qilinadi. Misol uchun, jahon tajribasida bir oy yoki bir hafta oldin.

Bunday talablar turlicha bolishi mumkin. Koplab davlatlarda buni byudjetning yirik miqdordagi taqchilligi bilan boglashadi. Quvonarlisi, Ozbekistonda bunday taqchillik kuzatilgani yoq. Yoki tovarlar muomalasining qisqarishi, milliy ishlab chiqarish suratlarining tushib ketishi ham sabab bolishi mumkin.

Ozbekistonda, aksincha, milliy ishlab chiqarish kun sayin rivojlanib bormoqda, demakki pul almashadi yoki sinishi haqidagi barcha mish-mishlar asossiz.

Yana bir gap. Pul chiqarishda oz-ozidan emissiyaviy daromad olish ham nazarda tutiladi. Xususan, orta asrlarda bu jarayon tangalarning buzilishi bilan ham bogliq bolgan. Chunki bundan katta daromad olingan. Keyinchalik qogoz pullar chiqarilishida ham katta daromad olina boshlagan, yani qogoz pullar orniga nominalini ozgartirmasdan shunday qiymatli tangalarni zarb etish ham katta daromad keltirgan.

Adham Shodmonov, iqtisodchi ekspert.



Manba: Daryo.uz
: admin (4-04-2018, 14:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 1) ( 2)
:
-
:
20 ... -