» » Yangiyo‘lliklar qachon yangi yo‘llarda yuradi?

Yangiyo‘lliklar qachon yangi yo‘llarda yuradi?


Toshkent shahri chegarasidan atigi bir necha chaqirim narida joylashgan Yangiyo‘l tumanidagi “Samarqand” va “Do‘stlik” mahallalari yo‘llari xarob holga keldi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Ushbu yo‘llar atrofida joylashgan mahallalarda 20 mingdan ko‘proq aholi yashaydi. Mazkur yo‘ldan Toshkent shahridan Yangiyo‘lga yo‘lovchi avtobuslar qatnaydi.

Ushbu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi haydovchilarning hasratidan chang chiqadi. Sabab yo‘lning biror metr joyi yo‘qki, ta’mirtalab bo‘lmagan.

Ushbu yo‘llarning oxirgi marta ta’mirlanganiga 40 yildan oshibdi. Hozirgi kunda ular batamom yaroqsiz holga kelgan.

Ushbu hududda yashovchi aholi ancha yillardan beri mutasaddi tashkilotlar — tuman hokimligi, tuman yo‘l qurilish bo‘limi, shuningdek, Toshkent viloyati hokimligiga ko‘p marta murojaat qildi. Biroq hech qanday natija bo‘lmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют