» » O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyning Huawei kompaniyasi bosh idorasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyning Huawei kompaniyasi bosh idorasiga tashrif buyurdi


Huawei Tech Investment Tashkent kompaniyasi Taraqqiyot strategiyasi markazi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning davlat organlari vakillari uchun Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifni tashkillashtirdi. Bu haqda UzReport axborot agentligi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Delegatsiya tarkibiga O‘zR Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Jo‘rayev, Toshkent viloyat hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Qobil Hamdamov, Taraqqiyot strategiyasi markazi ijrochi direktori Akmal Burxonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xalqaro masalalar va parlamentlararo aloqalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Avazbek Jalilov va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy departament sektori mudiri Botir Hakimov kiritildi.

Huawei Technologies Co. Ltd bosh idorasiga tashrifning asosiy maqsadi kelajakda O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va jamiyatda raqamli transformatsiyada qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan yangi texnologiyalar bilan tanishish va tajriba almashishdan iborat.

Tashrif doirasida “Xavfsiz shahar” dasturi doirasidagi Sudjouva Shen Chjen politsiya bosh mahkamasi, shahar bunyodkorligi va obodonlashtirish sohasidagi Huawei kompaniyasining yechimlari, “Aqlli shahar” uy-joy kommunal sohasi konsepsiyasida AKT dasturlarini qo‘llash o‘rin olgan. Mehmonlar kompaniyaning favqulodda vaziyatlarni boshqarish, katta hajmdagi ma’lumotlarni “bulutli” texnologiyalar asosida saqlash va qayta ishlash texnologiyalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tashrif besh kun davom etadi va uning doirasida Huawei Tech Investment Tashkent Kompaniyasi va Taraqqiyot strategiyasi markazi o‘rtasida o‘zaro manfaatli, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni ko‘zda tutgan hamkorlik memorandumi imzolanadi. Shuningdek, Huawei kompaniyasi va XXR davlat vakillari bilan ushrashuvlar rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют