» » Harbiylar Jizzaxdagi qirg‘izlar o‘qiydigan maktabda ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etdi (foto)

Harbiylar Jizzaxdagi qirg‘izlar o‘qiydigan maktabda ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etdi (foto)


Jizzax shahrida joylashgan harbiy qismning harbiy xizmatchilari tomonidan Baxmal tumanidagi kollej va maktablarda, jumladan, Muzbuloq, Chubar, Aldashmon, Temirqadam, Oqqo‘rg‘on qishloqlaridagi o‘rta ta’lim maktablarida ko‘rgazmali mashg‘ulotlarni o‘tkazdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu galgi tashrif tuman markazidan qariyb 60 kilometr uzoqlikda joylashgan Zartepa qishlog‘idagi 62-o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Ushbu ta’lim maskanida qirg‘iz millatiga mansub O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tahsil oladi.

Harbiy texnikalar ko‘rigi, aloqa tayyorgarligi, qurol-aslahalarni noto‘liq qismlarga ajratish, niqoblanish, ekstremal sharoitlarda yashovchanlikni oshirish kabi ko‘rgazmali-amaliy mashg‘ulotlar hamda harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi elementlari bilan chiqishlari o‘quvchilar hayratiga sabab bo‘ldi.

Markaziy harbiy okrugi hududida joylashgan ta’lim muassasalari, harbiy qismlarda, shuningdek, dala o‘quv maydonlarida keng jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirokida yil boshidan 200 dan ziyod ko‘rgazmali-amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют