» » “Yandeks.Taksi” Toshkentda — Qulaylik, tezlik, texnologiyalar!

“Yandeks.Taksi” Toshkentda — Qulaylik, tezlik, texnologiyalar!


“O‘zbekiston rahbariyati investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida faol ish olib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq “Ravon Auto Business” MChJ mamlakat fuqarolari uchun ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Xususan, biz bir necha oy davomida eng yirik onlayn xizmatlarni ishlab chiqaruvchi Yandex kompaniyasini bozorimizga jalb etish bo‘yicha muzokaralar olib bordik va natijada Yandex.Taksining O‘zbekistondagi bosh hamkoriga aylandik.

Bizning maqsadimiz – zamonaviy texnologiyalar yordamida taksi xizmatlaridan foydalanishning maksimal qulayligi va xavfsizligini dastlab Toshkent shahri aholisi va keyinroq butun mamlakat bo‘ylab ta’minlashdir. Yandex.Taksi sayyohlarga yaxshi ma’lum – bizning hisob-kitoblarimizga ko'ra, respublikaga keladigan sayyohlarning 70 foizga yaqini xizmatdan allaqachon foydalangan”, – deydi “Ravon Auto Business” MChJ direktori o‘rinbosari Bobur Tursunovich Mamatov.

“Yandeks.Taksi”ning xalqaro rivojlanish bo‘yicha direktori Musheg Saakyan va kompaniyaning xalqaro matbuot xizmati rahbari Nataliya Juravlyova “Daryo” muxbiriga dasturining afzalliklari haqida so‘zlab berdi.

—Servis qachondan boshlab O‘zbekistonda ishlay boshlaydi?

—Bugundan boshlab ushbu dasturdan foydalanish mumkin. U foydalanishga tayyor.

—O‘zbekiston bozoriga kirib kelishga qaror qilishingiz sababi nimada?

—Bizni ham hamkorlarimiz, ham foydalanuvchilar uzoq kutishdi va O‘zbekistonga kelishimizni so‘rashdi. Shuning uchun biz bu muhim jarayonga katta tayyorgarlik ko‘rdik va bugun xizmat ko‘rsatishga tayyormiz.

—“Yandeks.Taksi” Toshkent bozorida shu kungacha mavjud bo‘lgan va faoliyat yuritayotgan taksi xizmatlaridan qanday farq qiladi? Sizning servisingizning o‘ziga xosliklari nimada?

—“Yandeks.Taksi” — bu taksi xizmati emas, dastur hisoblanadi. Dastur foydalanuvchini mahalliy taksoparklar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘laydi. Bizda buyurtmalarni taqsimlashning “aqlli” tizimi mavjud. Shu sababdan taksi juda tez manzilga yetib keladi. Dastur bilan birgalikda Toshkentga “Yandeks.Xarita” va “Yandeks.Navigator” servislari ham kelmoqda. Bu esa haqiqatdan ham katta qulaylik!

“Yandeks.Taksi” orqali mashinani qanday chaqirish mumkin?

—Shunchaki dasturni yuklab olish, ro‘yxatdan o‘tish va undan foydalanishni boshlash kerak. Dasturdan IOS va Android platformalarida ishlaydigan qurilmalar orqali foydalanish mumkin.

—“Yandeks.Taksi” nimasi bilan yo‘lovchilar uchun qulay? Nima uchun ular aynan sizning servisingizdan foydalanishi kerak, deb o‘ylaysiz?

—Dastur mijozning manzilini avtomatik ravishda aniqlaydi. Shunchaki, qurilmadagi bitta tugmani bosish orqali taksini chaqirish mumkin. Marshrut yo‘nalishini do‘stlar va yaqinlar bilan ham bo‘lishish mumkin. Bu esa yo‘lovchining xavfsizligini ta’minlaydi. Yo‘lovchilarga yaratilgan yana bir qulaylik sifatida aytishim mumkinki, “Yandeks.Taksi” dasturida haydovchilarni baholash tizimi mavjud. Manzilga yetib olgan yo‘lovchi haydovchiga baho qo‘yishi mumkin. Bunday usul esa o‘z ishiga sovuqqon munosabatda bo‘layotgan xodimni aniqlashga yordam beradi. Bunday haydovchilarni tizim bloklaydi, yuqori reytingga ega haydovchilar esa ko‘proq buyurtma oladi. Shuning uchun qayta aloqa juda muhim, biz shu tariqa servis xizmatlari sifati ustidan birgalikda nazorat o‘rnata olamiz.

—Xizmatning narxi haqida ham aytib o‘tsangiz.

—Yo‘lovchi chiqarish 2000 so‘m. Summa uch daqiqa bepul kutish va dastlabki uch kilometrni o‘z ichiga olgan. Shahar ichida keyingi har kilometr uchun 1000 so‘m, shahar tashqarisida esa keyingi har kilometr 1500 so‘mdan narxlanadi.

—Hozirda qancha haydovchilarga egasiz?

—Hozirgi kunda biz 200 ta avtomobilni qamrab olganmiz, ularning soni esa vaqt o‘tib ortib boraveradi.

—Toshkentda haydovchi qanday qilib “Yandeks.Taksi” servisiga ulanishi mumkin? Servisga xususiy kirakashlar ham ulana oladimi?

—“Yandeks.Taksi” haydovchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlamaydi. Servisga ulanish uchun “Yandeks.Taksi”ning hamkori bo‘lgan taksoparkda ishlash talab etiladi. Bizning hamkorlarimiz ro‘yxati saytimizda bor. Istalgan haydovchi taksoparkni o‘zi tanlashi, u yerga ishga kirib, “Yandeks.Taksi” servisiga ulanishi mumkin. (Agarda uning o‘zi va transport vositasi bizga to‘g‘ri kelsa, albatta)

—Sizda past narxlar bo‘lsa, haydovchilar nima sababdan siz bilan ishlashni istashi kerak? Ular bundan foyda ko‘ra oladimi? Siz haydovchilarga boshqa taksi xizmatlari bilan ishlashni taqiqlaysizmi? Ular mashinasida “Yandeks” brendi aks etishi shartmi?

—Bizda boshqa taksi xizmatlari bilan ishlashga hech qanday taqiqlar yo‘q haydovchilar bizga ham, boshqa onlayn servislarga ham ulanishlari va an’anaviy tarzda dispetcher bilan ishlashlari mumkin. “Yandeks.Taksi” texnologiyalari tufayli haydovchi odatiy ish vaqtida ko‘proq buyurtmalar qabul qilishi mumkin. U yo‘lovchilarni uzoq kutish yoki yo‘lovchilarni izlash kabi qiyinchiliklarga duch kelmaydi, shuning uchun ko‘proq pul ishlaydi. Mashinada “Yandeks.Taksi” emblemasi bo‘lishi shart emas. Hammasi xohishga qarab amalga oshiriladi. Boshqa raqobatchilarning taksilari — bizning texnologiyalarimiz. Bu esa “Yandeks.Navigator”. U haydovchini tirbandliklar va yo‘ldagi ta’mirlash ishlarini chetlab o‘tib, haydovchini optimal marshrut orqali manzilga eltadi. Texnologiyalarimizga bo‘lajak so‘rovni prognoz qilish va boshqa ko‘plab afzalliklarni ham qo‘shimcha qilish mumkin. Texnologiyalar tufayli biz haydovchining bekor turib qolishi va shunchaki shahar kezishiga ketadigan vaqtni bir necha martaga qisqartiramiz. Bu esa haydovchi ishining asosini tashkil etadi. Shuning uchun ham bir tomondan narxlar xamyonbop bo‘lib boraveradi, boshqa tomondan haydovchilar biz bilan ish kuni mobaynida ko‘proq buyurtmalar oladi va shu tariqa ko‘p pul ishlaydi.

Siz O‘zbekistonda ish boshlash uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rdingizmi? Masalan, dasturda o‘zbek tili bormi? Toshkent xaritasi tayyorlanganmi?

—Ha, albatta! Maxsus tayyorgarlik ko‘rdik. Biz — o‘zbek tiliga sifatli tarjima qilingan yagona taksi dasturimiz. Dasturni ishga tushirish uchun biz “Yandeks. Xarita” va Navigatordagi Toshkent xaritasini jiddiy tarzda yangiladik.

Sizda mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazi bormi? Unga qanday qilib murojaat qilish kerak?

—Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazi albatta, bor. Bunday markaz bizda ikkita: Bittasi haydovchilar, bittasi esa yo‘lovchilar uchun. Ularning har ikkalasida ham o‘zbek tilida ma’lumot olish mumkin.

Haydovchilarni qay tarzda tanlab olasiz?

—Yana qaytaraman, biz haydovchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlamaymiz. Biz bilan hamkorlik qiluvchi mahalliy taksoparklar biz uchun eng yaxshi kadrlar va mashinalarni saralab oladi. Bundan tashqari, bizda haydovchilar ishi va mashina sozligini masofaviy tarzda nazorat qilish tizimi mavjud. Biz transport vositasini servisimiz standartlariga to‘g‘ri kelishi yuzasidan tekshiruvdan o‘tkazamiz. Shuning uchun “Yandeks.Taksi”da faqatgina eng yaxshi mashinalar va eng yaxshi haydovchilar ishlaydi. Umid qilamizki, yo‘lovchilar bilan noxush holatlar yuz bermaydi. Birozdan so‘ng biz Toshkentda “Yandeks.Taksi” markazini ochishni rejalashtirmoqdamiz. U yerda bizning xodimlar malakasi oshiriladi va haydovchilar hamda mashinalar tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Qaysi xorijiy mamlakatlarda “Yandeks.Taksi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan? Ular uchun dastur yagona hisoblanadimi yoki har bir davlat uchun alohida dastur yuklab olish kerakmi?

—Biz sakkizta mamlakatda ishlaymiz, O‘zbekiston to‘qqizinchi mamlakat bo‘ldi. “Yandeks.Taksi” Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Gruziya, Belarus, Latviya va Moldovada anchadan buyon muvaffaqiyatli faoliyat yuritadi. Bitta “Yandeks.Taksi” dasturini yuklab olib, yuqorida sanab o‘tilgan mamlakatlarda undan foydalanish mumkin. Bu esa juda qulay. Bundan tashqari, kelgusida “Yandeks.Taksi” mavjud bo‘lmagan, biroq Uber bo‘lgan mamlakatlarda, aynan Uber orqali Yandeks. Taksi xizmatidan (yoki aksincha) foydalanish mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonda servis rivojlanishi uchun kelgusida qanday rejalar mavjud? Viloyatlarda ham ish boshlanadimi?

—Albatta, O‘zbekistonning boshqa shaharlariga ham chiqishni rejalashtirmoqdamiz. Hammasi bizni u yerda hamkorlarimiz kutayotganiga bog‘liq. Va albatta, bizning servisimizga bo‘lgan talab ham inobatga olinadi.

Servisni ishga tushirish oldidan mamlakat hukumati bilan bu borada suhbatlashdingizmi? Ular tashabbusga qanday munosabat bildirdi?

—Albatta, biz uchrashib, suhbatlashdik. Uchrashuvlar davom etmoqda. O‘zbekiston hukumati yangi texnologiyalar va yangi investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bizni ham ular juda iliq qarshi oldi.

Ma’lumot uchun

“Yandeks.Taksi” ishga tushganidan so‘ng dastlabki kunlar poytaxtda aksiya o‘tkazilmoqda. Chaqiruvga  Mercedes-Benz S class W221 avtomobillari yetib kelishi va sizni manzilingizga bepul eltib qo‘yishi mumkin!

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют