» » Buxoroda kulgi kuni “Nasriddin Afandi” festivali bo‘lib o‘tdi (foto)

Buxoroda kulgi kuni “Nasriddin Afandi” festivali bo‘lib o‘tdi (foto)


Buxoroning eski shahar qismida “Nasriddin Afandi” festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Xalqaro kulgi kuniga bag‘ishlangan tadbir keng ko‘lamda o‘tkazildi: Labi hovuzdan Arkkacha bo‘lgan hududda san’atkorlar chiqishlari uyushtirildi, hunarmandlar rastalarida savdo qizidi.

Festival mehmonlari Afandi ishtirokidagi teatrlashtirilgan tomosha ishtirokchisiga aylandi. Nafaqat O‘zbekiston, balki Turkiya va Yaponiya oshpazlari tayyorlagan taomlardan ham bahramand bo‘ldi.

Shuningdek, mehmonlar dorbozlar, sirk artistlari chiqishlarini tomosha qildi, shahar uzra havo shari uchirilishi guvohi bo‘ldi.

Buxoroda shu kuni kechgacha musiqa sadolari tinmadi, sayyohlar e’tiboriga suvenirlar va milliy hunarmandchilik namunalari taqdim etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют