» » Samarqanddagi avtomobil bozori ko‘chiriladi. Uning hududi baliqchilik muassasalariga beriladi

Samarqanddagi avtomobil bozori ko‘chiriladi. Uning hududi baliqchilik muassasalariga beriladi


Samarqanddagi avtomobil bozori hozirgi joyidan ko‘chiriladi. Bu Prezidentning 17–18-mart kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlari va Pastdarg‘om tumanida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlis bayonida belgilangan, deb yozadi O‘zA.

Samarqand tumanidagi “Maroqand” dehqon bozorining filiali bo‘lgan avtomobil bozori boshqa joyga ko‘chirilgan holda uning hududi baliqchilik xo‘jaligi innovatsion ilmiy o‘quv markazi, baliqchilik laboratoriyasi, maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi, mehmonxona va ko‘p qavatli turar joylar barpo etish uchun “Oq amur baliqlari” fermer xo‘jaligiga ajratib beriladi.

Tuman arxitektura va qurilish bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda avtomobil bozori uchun tuman hududidan joy tanlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют