» » Samarqand viloyatidagi barcha dehqon bozorlari 2020-yilgacha qayta ta’mirlanadi

Samarqand viloyatidagi barcha dehqon bozorlari 2020-yilgacha qayta ta’mirlanadi


2019-yilda Samarqand shahridagi Siyob bozori hududida barcha qulayliklarga ega uch qavatli gipermarket qad rostlaydi, deb xabar beradi “Samarkandskiy vestnik”.

Hozirgi kunda viloyat shahar va tumanlardagi dehqon bozorlarini qayta ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ishlab chiqilgan hududiy dasturga ko‘ra, joriy yilning iyul oyidan boshlab Samarqand shahridagi Temiryo‘l dehqon bozori va Jomboy, Urgut, Kattaqo‘rg‘on hamda Bulung‘ur tumanlaridagi markaziy bozorlar rekonstruksiya qilinmoqda. Mazkur bozorlarda to‘rtta turdagi zamonaviy gipermarket, supermarket va minimarketlar qad rostlamoqda.

Bozorga yondosh hududlarda oson yig‘iladigan va quriladigan metall konstruksiyalardan foydalangan holda savdo pavilyonlari quriladi.

2020-yilning 1-yanvariga qadar Samarqand viloyatining boshqa tumanlaridagi bozorlar ham rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, joriy yilning 1-aprelidan boshlab bozorlar atrofidagi avtoturargohlar bozor ma’muriyati hisobiga o‘tkazildi. Natijada avtoturargohlarning sanitar holati yaxshilandi, mahalliy budjetga pul tushumi kengaydi.

Savdo majmualarini qurish, dehqon bozorlari hududini obodonlashtirish va bozorlar atrofida avtoturargohlarni barpo etish Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Samarqand viloyati filiali tomonidan moliyalashtirilmoqda.

Samarqand viloyatidagi dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish uchun 36 milliard 23 million so‘m kredit mablag‘lari ajratiladi. Hozirgi kunga qadar Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining hududiy bo‘linmalari tomonidan 7,9 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.

O‘ktam Quvondiqov, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Samarqand viloyati filiali kredit bo‘limi mutaxassisi

Опубликовано: admin (19-12-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют