» » Agro Food Forum – 2018 doirasida yangi qalampir ishlab chiqaruvchi brend taqdim etildi

Agro Food Forum – 2018 doirasida yangi qalampir ishlab chiqaruvchi brend taqdim etildi


Toshkentning “Zarqaynar” majmuasida Agro Food Forum – 2018 uchinchi xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjuman doirasida O‘zbekistondagi yangi brend — ChiliUz taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

ChiliUz qalampir va ziravorlar hamda ulardan tayyorlanuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lib, O‘zbekiston dalalarida turli navlardagi qalampirlar yetishtirib, eksportbop mahsulot tayyorlashga, shuningdek, ichki bozorni tegishli tovar bilan to‘yintirishga qaratilgan faoliyat yuritadi.

Taqdimot marosimida so‘z olgan kompaniya direktori Furqat Bahromov tadbir ishtirokchilariga jahon qalampir bozori haqida tushuncha berdi. Uning ta’kidlashicha, dunyoda qalampir yetishtirish sohasining yillik mablag‘ aylanishi 30 milliard dollarni tashkil etadi.

Kompaniyaning ikki oylik faoliyati davomida respublikaning to‘qqiz viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 1500 nafar tomorqa egalari qalampir yetishtirishga jalb etilib, ularga boshlang‘ich to‘lov tariqasida jami 10 milliard so‘m berilgan. Kompaniya faoliyati rejadagidek borsa, joriy yil yakunlariga ko‘ra 150 million dollar tushum ko‘rilishi kutilmoqda.

“Daryo” vakili bilan suhbat chog‘ida Furqat Bahromov, shuningdek, kompaniyaning keyingi ikki yilga mo‘ljallangan rejalari bilan ham o‘rtoqlashdi. Uning ta’kidlashicha, Xitoy, Hindiston, Indoneziya singari qalampir va ziravorlar xaridorgir bo‘lgan bozorlarga chiqish rejalashtirilmoqda, buning uchun qalampir navlarini ko‘paytirish barobarida tegishli sertifikatlarni ham qo‘lga kiritish borasida ish olib borilmoqda.

“Ayni paytda biz bozor sharoitini, talab va taklifni o‘rganmoqdamiz. Yaqin ikki yil ichida mahsulot turini sezilarli darajada ko‘paytirishni rejalashtirmoqdamiz. Ayni paytda biz quritilgan, maydalangan va kukun holidagi qalampir ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Keyinchalik quritilgan sabzavotlar, shuningdek, ziravorlar, jumladan, hind ziravorlarini yetishtirish hamda ulardan mahsulotlar tayyorlash rejamizda bor”, — deb ta’kidladi u.

Taqdimot marosimi doirasida san’atkorlarning chiqishlari va turli ko‘rgazmali chiqishlar ham tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют