Putin: Suriyaga faqat Rossiya, Turkiya va Eron yordam bermoqda
Rossiya, Turkiya va Erondan boshqa biror davlat Suriyaga gumanitar yordam berish borasida hech narsa qilmayapti. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin turkiyalik va eronlik hamkasblari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Hasan Ruhoniy bilan o‘tkazgan muzokaralari yakunlariga ko‘ra bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
“Siyosiy yo‘lga solishdan tashqari odamlar normal sharoitda yashay olishlarini ta’minlash ham kerak. Yirik, kapital kiritmalarsiz hech narsa qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun biz jahon mamlakatlarini so‘zda emas, amalda ushbu jarayonlarda faolroq qatnashishga chaqiramiz”, — ta’kidladi Rossiya yetakchisi.
“Hamma gumanitar yordam haqida gapiradi, lekin Rossiya, Turkiya va Erondan boshqa hech kim deyarli hech narsa qilmayapti”, — ta’kidlab o‘tdi u.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
