» » Jizzaxdagi sakkiz kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH, Adliya vazirligining MY5 telekanaliga e’tirozi, Sukerbergning O‘zbekistonga aloqador bayonoti va kunning boshqa muhim xabarlari

Jizzaxdagi sakkiz kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH, Adliya vazirligining MY5 telekanaliga e’tirozi, Sukerbergning O‘zbekistonga aloqador bayonoti va kunning boshqa muhim xabarlari


4-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Tarbiya muhim, biroq inson huquqlarini buzish kerak emas: Adliya vazirligi Toshkent shahri xiyobonlaridagi yigit-qizlarni tasvirga olgan MY5 telekanaliga e’tiroz bildirdi.

2. Sukerberg: Rossiyaning “trollar fabrikasi” ishi, shu jumladan, O‘zbekiston fuqarolariga qarshi qaratilgan edi. Facebook asoschisining so‘zlariga ko‘ra, IRA aldov yo‘li bilan faoliyat yuritib, AQSh, Yevropa va Rossiyadagi odamlarni manipulyatsiya qilishga intilgan.

3. Bobomurod Abdulla ishi: Hayotxon Nasriddinov aybini tan olmadi. Sobiq maktab o‘qituvchisi Hayotxon Nasriddinov birinchi sud majlisida unga nisbatan ayblovlarni tan olgan bo‘lsa, bu safar aybni to‘liq rad etdi.

4. Jizzax viloyatida ikki Nexia to‘qnashib, yonib ketdi. Sakkiz kishi halok bo‘ldi. 3-aprel kuni esa Toshkentda Toyota Camry yonib ketgan edi.

5. Qo‘qonda o‘lik holda topilgan bola onasi tomonidan o‘ldirilgani taxmin qilinmoqda. Bolakayning jasadi 3-aprel kuni topilgan edi.

6. Toshkentda maktab direktorini 9-sinf o‘quvchisi kaltaklagani haqidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmadi. Shuningdek, maktab direktori tomonidan tikuv mashinalarining talon-taroj qilingani to‘g‘risidagi vaj ham tasdiqlanmagan.

7. O‘zbekistonda yil oxirigacha xorijiy valyuta uchun mo‘ljallangan 1000 dan ortiq bankomat paydo bo‘ladi. Bunday bankomatlar oldin faqat ayrim banklar filiallari va mehmonxonalarda bo‘lardi.

8. Samarqanddagi avtomobil bozori ko‘chiriladi. Uning hududi baliqchilik muassasalariga beriladi. Hozirda yangi avtomobil bozori uchun Samarqand tumani hududidan joy tanlanmoqda.

9. 66 yoshli andijonlik fuqaro Nukusdan Buxorogacha piyoda bordi. Rahmatillo Qosimov o‘tgan yili Andijon viloyatidan Samarqandgacha piyoda sayohat qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют