» » Urganchda o‘ta xavfli retsidivist telefon o‘g‘irlab, beshinchi marta sudlandi

Urganchda o‘ta xavfli retsidivist telefon o‘g‘irlab, beshinchi marta sudlandi


Urganch shahrida yashovchi J. Eshchanov 47 yoshga kelib to‘rt marta sudlangan va “o‘ta xavfli retsidivist” degan nom olgan edi. Shunga qaramay, u yana jinoyatga qo‘l urdi, deb xabar beradi O‘zA.

29-mart kuni “o‘lja” izlab Urganch shahar markaziy dehqon bozoriga kelgan J. Eshchanovning nazari bozorda narsa xarid qilayotgan ayolning cho‘ntagidagi qimmatbaho uyali telefon apparatiga tushdi. Qo‘shko‘pirlik Nasibaning cho‘ntagidan narxi 2 million 300 ming so‘mlik uyali telefon appparatini yashirincha o‘g‘irlab olishga ulgargan ham ediki, J. Eshchanov shu yerda xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlandi.

J. Eshchanov yana bir bor umrining ma’lum qismini tikanli sim bilan to‘silgan devor ortida o‘tkazadigan bo‘ldi. Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘zi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan IIB organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют