» » Trampning Xitoyga nisbatan bojlari General Motors va Ford’ga zarba beradi

Trampning Xitoyga nisbatan bojlari General Motors va Ford’ga zarba beradi


Amerikaning Xitoydan avtomobillarni yetkazish bojlarini 2,5 foizdan 25 foizga oshirishi Xitoy ishlab chiqaruvchilariga emas, birinchi navbatda, General Motors va Ford Motor’ga zarba beradi. Bu haqda Financial Times’ga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.

Xitoy o‘z mahsulotlarini AQShga deyarli eksport qilmaydi, Shvetsiyaning Volvo brendi (yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi kompaniya Xitoyning Geely kompaniyasiga tegishli) va elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yayotgan BYD bundan istisno.

GM AQShga Xitoyda ishlab chiqariladigan Buick Envision krossoverini yetkazib beradi. 2017-yilda ushbu marka sotuv hajmining 17 foizi AQShga to‘g‘ri kelgan. Ford esa 2019-yildan Focus modelini Xitoydan eksport qilishni rejalashtirgan edi.

3-aprel kuni AQSh prezidentining ma’muriyati 25 foizlik boj to‘lashni ko‘zda tutuvchi Xitoyning 1 333 tovari ro‘yxatini e’lon qildi. Ularning importi 50 milliard dollarni tashkil etadi. Xitoy 4-aprel kuni xuddi shu summadagi 106 Amerika tovari ro‘yxati bilan javob qaytardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют