» » O‘zbekiston Peterburgda ochilayotgan Boltiq davlatlari va MDH teatrlari festivalida ishtirok etadi

O‘zbekiston Peterburgda ochilayotgan Boltiq davlatlari va MDH teatrlari festivalida ishtirok etadi


Peterburgning “Baltiyskiy dom” teatri maydonida 5-aprel kuni MDH va Boltiq davlatlarining “Rossiyada uchrashuvlar” 20-xalqaro teatr festivali ochilmoqda, deb yozadi “TASS”.

Rus klassikasi va uning yaqin va uzoq chet ellarda rus tilidagi yetakchi teatrlar tomonidan talqini yubiley uchrashuvining asosiy mavzusi sifatida tanlangan.

“Dastur rus klassik adabiyoti — Pushkin, Chexov, Gogol, Dostoyevskiy, Xarms asarlari asosida tuzib chiqilgan”, — deydi “Baltiyskiy dom” festival-teatri badiiy direktori Marina Belyeva.

Festival haftaligi davomida Gruziya, Isroil, Latviya, Moldaviya, O‘zbekiston va Estoniya teatrlari o‘zlarining yangi spektakllari, jumladan rossiyalik rejissorlar tomonidan qo‘yilgan spektakllarni namoyish etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют