» » Toshkentning yangilangan Janubiy vokzalidan ilk poyezd Buxoroga jo‘nab ketdi

Toshkentning yangilangan Janubiy vokzalidan ilk poyezd Buxoroga jo‘nab ketdi


Toshkent shahrida keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng Janubiy vokzal foydalanishga topshirildi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

4-aprel, chorshanba kuni soat 22:00 da yangilangan vokzaldan Toshkent — Buxoro yo‘nalishida ilk poyezd yo‘lga chiqdi.

Endi ikki oy ichida bu yerga mahalliy yo‘nalishdagi barcha poyezdlar va shaharlararo elektrichkalar o‘tkaziladi. Jumladan, Urganch, Andijon, Qo‘ng‘irot, Termiz, Sariosiyo, Xo‘jakent, Xovos, Bekobod, Sirdaryo, Guliston va boshqa manzillarga poyezdlar Janubiy vokzaldan jo‘naydi.

Yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash uchun vokzal binosi, kassa zali va atrofdagi hudud 170 ta kuzatuv kamerasi bilan jihozlandi, shoshilinch evakuatsiya uchun bir necha chiqish yo‘laklari ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, Janubiy vokzal har kuni 11 ming yo‘lovchi va 17 ta poyezdga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют